Ukraina prezidenti Petr Poroşenkodan mamlakatga Kiyev Rusi nomini qaytarişni söraşmoqda. Davlat rahbarining rasmiy saytida şu haqda elektron sörovnoma joylangan.
Sörovnomaga qoldirilgan izohda aytilişiça, ukrainlarni heç qaçon mustaqil bölmaganlikda ayblamasliklari uçun ham mamlakatga tarixiy nomi – Kiyev Rusini qaytariş lozim.
Uşbu masalaga oid sörovnoma 30 mart kuni röyxatdan ötgan bölib, unga hozirça 37 kişi imzo çekkan.
Bundan avval, Zakarpate oblasti rahbari Gennadiy Moskal, Tyaçevskiy rayoni Kalina qişloğidagi Lenin köçasini qöşiqçi Jon Lennon şarafiga qayta nomlaş töğrisida qaror çiqargan edi.






