18-26 aprelda Bonum Factum galereyasida afsonaviy özbek xonandasi Botir Zokirov tavalludining 80 yillik yubileyiga bağişlangan bir qator tadbirlar bölib ötadi. Bu haqda "Gazeta.uz" naşriga galereyada ma'lum qilindi.

Yubiley tadbirlari Botir Zokirovning öğli Bahodir Zokirovning "Meros" deb nomlangan şaxsiy körgazmasi bilan oçiladi. Tadbirda "Karavan" guruhi ijrosida uning musiqasiga yozilgan qöşiqlar yangraydi.

21 aprelda "Sato" guruhining musiqiy keçasi bölib ötadi, unda Bahodir Zokirovning "Tölqinça" filmiga variatsiyalar ijro etiladi. 24 aprelda esa Marat Şunqor guruhining musiqiy keçasi bölib ötadi.

26 aprelda – Botir Zokirov tavallud topgan kunda qöşiqçining 80 yillik yubileyiga bağişlangan xotira keçasida Özbekiston xalq artisti Mansur Toşmatov rahbarligi ostidagi Botir Zokirov nomidagi etnojaz-orkestr iştirok etadi. Şuningdek, uşbu keçada marhum qöşiqçi haqidagi "Botir Zokirov" deb nomlangan film taqdimoti bölib ötadi. Filmga qöşiqçining öğli Bahodir Zokirov rejissyorlik qilgan.