Suriya prezidenti Başar Asad Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğanni terrorçilarni qöllab-quvvatlaşda va jangarilarga Turkiya hududi orqali harakatlanişiga yöl qöyib berişda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Asadning sözlariga köra, Erdöğan terrorçilarga Turkiya hududida tanklar orqali harbiy manyovrlar ötkazişga ruxsat bergan.
"Bu alohida şaxslarni çegaralardan ötkaziş bilangina çegaralanmaydi. IŞID Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya orqali moliyalaştirilgan. Erdöğan IŞID neftini sotib olgan, turk harbiylari jangarilarga yordam beriş uçun artilleriyadan Suriya hududiga doimiy ravişda öq uzib turgan", deydi Asad.
Uning aytişiça, Turkiyaning harakatlarini "e'lon qilmasdan boşqa mamlakat hududiga kiriş" deb baholagan.
U şuningdek, Turkiyaning Su-24 samolyotini urib tuşirişini Damaşq bilan munosabatlarga hujum sifatida baholagan.






