Jasurlik, halollik, tirişqoqlik va mehnatsevarlik – har qanday professional boksçini boşqalardan aynan mana şu jihatlar ajratib turadi. Boks ham xuddi şaxmat kabi fikrlaş qobiliyati va xotirani kuçaytiradi. Aqlli strategiya va tinimsiz maşqlar orqali yuzaga keladigan taktikasiz ringda heç narsaga erişib bölmaydi. Yaxşi boksçi raqibining harakatini soniyalar içida “öqiy” oladi va puxta öylangan harakatini amalga oşiradi. Boks — haqiqiy hayot maktabi va u beradigan quyidagi beşta saboq har bir kişiga kerak.Rostgöy böliş
Boks öz xato va kamçiliklarini tan olişni örgatadi, bundan boşqa iloj yöq. Ringga yolğon fikrlar bilan kötariliş mağlubiyat demakdir. Boksçi muntazam ravişda özining kuçsiz tomonlarini anglab boradi. Oddiy hayotga tatbiq etadigan bölsak, boks insonni rostgöylikka örgatadi. Jasur böliş
Ringga çiqiş kişidan jasorat talab qiladi. Ringda aql bilan harakat qiliş, vaziyatdan unumli foydalaniş sportçining mahorati yuqori ekanligini bildiradi. Hayotda qabul qiladigan har bir qarorimiz ham jasurlikni talab qiladi. Insonga jasurlik beradigan eng yaxşi manba esa boksdir.Doimo olğa yuriş
Eng yaxşi strategiya — bu hujum. Raqib ustidan bosim ötkaziş, uni nafaqat zarbalar bilan, balki öz salobati bilan ham çöçitiş ğalabaga olib keladigan qadamlardan biridir. Hayotda ham köp muammolar şu tarzda hal qilinadi. Olğa bora oladigan, öziga işongan kişilargina ğalaba qozonişadi.Nokautdan söng örnidan turiş
Har qanday boksçi raqib qölqopining zarbasi qanday ekanligini va kutilmagan zarba qançalik oğriqli ekanligini yaxşi biladi. Heç qaçon yutqazmaganlar emas, kuçli zarbadan keyin ham örnidan tura olganlar ğolib bölişadi. Bu xususiyat oddiy hayotda ham asqotadi: muvaffaqiyatsizlik va inqirozlardan töxtab qolmaslik lozim, çunki ulardan keyin albatta yangi start boşlanadi.Ğalaba qozoniş