Apple har yili WWDC tadbirini iyun oyida va Google esa may oyida Google I/O anjumanini ötkazganidek, Microsoft ham har yilning mart oyida dasturçilarni Build konferensiyasiga taklif etadi. Konferentsiyada Windows 10, HoloLens, çat-botlar va Bash buyruqlar qatori tadbirning eng muhim e'lonlaridan biri böldi.
Windows 10da Linuxning Bash buyruqlar qatori paydo böladi

Köp yillar davomida Linux va Windows platformalari kabi boşqa turli platformalar bölmagan: birinçisi – maksimum darajada oçiq va kastomlaştiriş mumkin, ikkinçisi – yopiq işlangan. Ammo 2015 yilning bahor oylaridan boşlab Windows oçiq Dasturiy ta'minot (DT) tomon qadamlarni qöya boşladi va korporatsiyaning top-menejyeri Windows opensource-rusumi paydo bölişi haqida söz oçgan edi.
Build konferensiyasida Windows 10ga Bash buyruqlar qatorini örnatişini e'lon qildi va köplab dasturçilarning fikriga köra bu buyruqlar qatori Windowsga muhim bölgan dastur edi.
HoloLens közoynagining dasturçilar uçun sotuvga çiqarilişi boşlandi
HoloLens virtual reallik közoynaklari 2015 yilda namoyiş etilgan bölsada, sotuvga ular bir yil ötib çiqarilmoqda. Şunda ham kompaniya çegaralangan savdoni amalga oşirmoqda: Microsoft 29 fevralda dasturçilardan buyurtma olişni boşlagan.
Töplamning narxi 3000 dollar deb baholanib, uning içiga közoynak, quvvatlovçi, sumka va klikerni (virtual reallikda boşqariş uçun işlatiladigan qurilma) kiritilgan. amerikalik va kanadalik dasturçilar uçun 30 martdan boşlab qurilma tarqatilişni boşlaydi.
Çat-botlar uçun platforma

Hozirgi kunda avtomatik tarzda muammolarni hal etuvçi botlar dastur işlab çiqaruvçilar orasida trendga aylangan. Bunday botlar Telegram orqali temir yöl çiptalarini sotib olişdan boşlab Facebook M aqlli yordamçisigaça foydalanilmoqda. Paytdan foydalanib, Microsoft ham özining botlar uçun platformasini işlab çiqdi.








