Gretsiya futbol federatsiyasi FIFA va UYeFAga a'zolikdan mahrum qilinişi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Xabarda aytilişiça, mamlakat futbol federatsiyasi işiga hukumat tomonidan aralaşiş bölayotgani bunga sabab sifatida körsatilmoqda. Gretsiya Kubogi doirasida PAOK va «Olimpiakos» jamoalari örtasida keçgan bahs (1:2) davomida muxlislar örtasida janjal kelib çiqqani tufayli hukumat Kubok bahslarini töxtatib qöyişga qaror qilgandi.

Uçraşuvning oxirgi qismida hakam mehmon jamoa «Olimpiakos» darvozasiga penalti belgilamagan va aksinça mezbon jamoa PAOK futbolçisi Robert Makni maydondan çetlatgan. Şundan söng, muxlislar avval maydonga petarda otganlar, söngra politsiya bilan muştlaşuv boşlagan. Natijada öyin yakunlanmay qolgan.

Gretsiya hukumati esa Kubok öyinlari qayta ötkazilmasligini ma'lum qildi. UYeFA va FIFA bu qarorni bekor qilişni talab qildi va bu talab bajarilmasa federatsiyani çetlatiş bilan tahdid etdi.

Hozirça bu talab bajarilmagan va Gretsiya UYeFA va FIFAga a'zolik huquqidan mahrum etilişi mumkin.

FIFAning bu masala böyiça delegatsiyasi rahbari Kostakis Kutsukumnisning ma'lum qilişiça, bu örinda tribunalardagi tartibsizlik böyiça savollar bor. U öyinni betaraf maydonda yoki muxlislarsiz tribunada bölsada ötkaziş mumkinligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, turnir albatta yakuniga yetkazilişi kerak.