Forbes jurnalining Ukrainada çop etiluvçi naşri Ukrainaning eng badavlat odamlari reytingini tuzib çiqdi. Bu reytingning yetakçisi avvalgidek Rinat Axmetov bölib qolmoqda, uning 2015 yildagi boyligi 2 barobarga – 4,6 mlrd dollardan 2,3 mlrd dollargaça kamayib ketgan. Naşrning ta'kidlaşiça, bunga Donbassdagi uruş emas, balki xom aşyolarga, jumladan temir rudasi va metallarga narxlarning qulaşi asosiy sabab bölgan. Bundan taşqari, Axmetov imperiyasi katta miqdorda kredit olgan, bu ham oligarxning davlatiga salbiy ta'sir körsatdi.
2-örinni Dnepropetrovsk viloyatining sobiq gubernatori Igor Kolomoyskiy egalladi, uning davlati bir yil davomida 100 mln dollarga kamayib, 1,3 mlrd dollarni taşkil qilgan. Naşrning ta'kidlaşiça, Kolomoyskiyning davlatiga uning gubernator lavozimidan ketişi hamda "Ukrnafta"dagi mojaro ta'sir körsatgan.

3-örinni Kolomoyskiyning "Privat" guruhi böyiça hamkori Gennadiy Bogolyubov egallamoqda. Uning 2015 yildagi boyligi özgarişsiz – 1,3 mlrd dollarligiça qolgan.

Ukraina boylarining yetakçi beştaligiga şuningdek Viktor Pinçuk va Yuriy Kosyuk ham kiritildi. Asosiy aktivlari metallurgiya va mediavositalarga töğri keluvçi Pinçukning 2015 yil natijalariga köra boyligi 1,2 mlrd dollarni taşkil qildi. "Mironovskiy xleboprodukt" kompanisi prezidenti va boşqaruv raisi Kosyukning boyligi esa 1 mlrd dollarga baholangan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 2015 yil davomida öz boyligini 100 mln dollarga köpaytirgani ma'lum qilingandi.






