Agar suv manbalarini rivojlantiriş masalasida jiddiy çora-tadbirlar körilmaydigan bölsa, 2030 yilga borib Hindiston aholisining deyarli 40 foizi toza içimlik suvidan mahrum bölişi mumkin. Bu haqda hindistonlik tabiat himoyaçisi Rajyendra Singh ma'lum qildi.

Uning sözlariga qaraganda, sizot suv manbalarining kamayib borişi tufayli kiçik suv arteriyalari 90 foiz qurib qolişi mumkin. Daryolardagi suvlar esa 60-65 foizga kamayib ketadi. Aholi sonining ortib borişi, suvdan unumli foydalanmaslik ham vaziyatni murakkablaştirmoqda. Rajyendra Singhning sözlariga qaraganda, Xitoy va AQŞ bilan soliştirilganda ekinzorlar uçun Hindistonda ikki barobar köproq suv sarflanadi. Eng köp suv iste'mol qiladigan Bangalor, Dehli, Mumbay kabi şaharlardagi turmuş tarzi ham Hindiston suv zaxiralariga ta'sir körsatadi.

Suv yetişmasligi sabab mamlakatda ijtimoiy nizolar közga taşlanmoqda. Jumladan, qöşni Xaryana va Panjob ştatlarida kelişmovçiliklar yuz bera boşladi. Aholi örtasida töqnaşuvlar esa Maharaştra ştatida kuzatilmoqda.

“Tahlilçilarnring fikriça, WaterAid xalqaro xayriya taşkiloti tomonidan e'lon qilingan röyxatda içimlik suvi yetişmasligi borasida Hindiston Xitoyni ortda qoldirdi. Ayni damda Hindiston aholisining 5 foizi, töğriroği 76 million kişi toza içimlik suvi bilan ta'minlanmagan. Bu körsatkiç yil sayin ösişi aniq”, deydi Singh.


Rajyendra Singh qadimiy hind an'analarini hayotga tatbiq etiş yöli orqali tabiatni muhofaza qiliş borasida öz faoliyatini boşlagan edi. U yomğir suvlarini maxsus –“Johoda” (sardobaga öxşaş) deb nomlanmiş inşootlarda töplaşni yölga qöydi. Şu sababli uni “Hindiston Suv odami” deb ataşadi. Singh ötgan asrning 80-yillarida Tarun Bharat Sangh jamğarmasini taşkil qildi. Mazkur jamğarma 8600dan ortiq johoda bunyod etdi. Rajyendra Singh Rajaston ştatida qahramon sifatida tan olinadi. U bir özi beşta daryoni tiklaşga muvaffaq böldi. Tibbiyot kollejida tahsil olgan Singh 1985 yilda Alvar qişloğiga keladi. Bu yerdagi qadimiy suv saqlaş tajribasini ilmiy asosda hayotga tatbiq etgani bois qurğoqçilik kuzatiladigan mintaqalardagi ekotizim qayta tiklanişiga hissa qöşdi. Bu inşootlar yillar davomida bir neçta aholi punktlarini suv bilan ta'minlab keldi. Tahlilçilarning fikriça, Rajyendra Singhning tajribasi oddiy va tejamli bölib, aslo suv toşqinlariga sabab bölmaydi. Balki suv negizini qayta tiklaydi, yovvoyi tabiatga ijobiy ta'sir körsatadi. Radjyendra Singh mamlakatning barça ştatlarida öz tajribasini tatbiq etdi. Şu sababli ham Stokgolm Xalqaro Suv institutining mukofotiga sazovor böldi.

Stokgolm Xalqaro Suv mukofoti 1990 yilda ta'sis etilgan bölib, xalq tilida “Suv böyiça Nobel mukofoti” deyiladi.