Indoneziya mudofaa vaziri Riamizard Riaçudu köpmaqsadli Su-35 rusumli harbiy samolyotlarni xarid qiliş rejasi mavjudligini tasdiqladi. Bu haqdagi şartnoma mudofaa vazirining yaqin orada Rossiyaga qilajak safari çoğida imzolanadi.

Indoneziya mudofaa vaziri Bloomberg agentligiga bergan intervyusida şu haqda ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, "gap sakkiz yoki önta samolyot haqida bormoqda".

Bundan avvalroq, Riamizard Riaçudu Indoneziyaga "qiruvçi samolyotlarning eskadroni kerakligini, ammo hozirça, şu miqdorda samolyot xarid qilinişini" aytgandi.

Vazirning qayd etişiça, "Indoneziya nafaqat Rossiyadan, balki AQŞ va Yevropadan ham harbiy texnikalar xarid qiliş niyatida".

"Biz qaysidir tomonni ustun qöymoqçi emasmiz, asosiysi bizga harbiy samolyotlar lozim", degan Indoneziya mudofaa vaziri.

Qayd etiş kerakki, Indoneziya armiyasi Rossiya qurol-yaroğlaridan keng foydalanadi. Mamlakat harbiy havo kuçlari safida Su-27 va Su-30 qiruvçi samolyotlari bor. Su-35 qiruvçilari esa, Amerikaning eskirib qolgan F-5 Tiger samolyotlari örnini egallaydi.