Internetda Dogs Might Fly (itlar uça oladi) britan realiti-şousining yakuniy sonidan olingan parçalar paydo böldi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.
YouTube’da Sky 1 telekanali tomonidan joylaştirilgan rolikda it murabbiy buyruğiga köra samolyotni boşqarayotganining guvohi böliş mumkin.
Uşbu videoning qahramoni Şedou laqabli it böldi. Ma'lum qilinişiça, şou mutaxassislari tomonidan priyutlardan tanlab olingan 12 nafar iştirokçi itdan yana ikkitasi – Reggi va Alfi laqabli itlar samolyotni havoda boşqarişga qöyildi.
Dogs Might Fly şousi itlarni "uçişga" örgatişga qaratilgan edi. Ta'kidlanişiça, itlar it örgatuvçining buyruqlariga köra samolyotni boşqaradilar, samolyotning boşqaruv qurilmalari esa ularning panjalariga moslaştirilgan.
"Odamzodning döstlariga" samolyotni uçiriş va qöndirişga işonç bildirilmagan bölsa-da, ular havoda ba'zi uçuvçilik harakatlarini amalga oşirayotganlarini köriş mumkin.
Şou yaratuvçilari itlarning örganişga qobiliyatlarini tadqiq qiliş va taşlab ketilgan itlar qançalik aqlli ekanini körsatişni özlari oldilariga maqsad qilib qöygandilar.
Dogs Might Fly şousi Yangi Zelandiyada yaratilgan, itlar maşina haydaşga örgatilgan şouning davomi böldi. Ma'lum qilinişiça, yangi şou jamoasiga avvalgi şoudagi mutaxassislar kiritilgan.






