Toşkentning “Bunyodkor” jamoasi delegatsiyasi bugun erta tongda Toşkent-Dubay-Isfahon yönalişi böylab Eronga jönab ketdi.

Xabaringiz bor, 5 aprel kuni “qaldirğoçlar” Osiyo Çempionlar ligasi guruh bosqiçi 4-turi doirasida Isfahonning “Zob-Ahan” klubi mehmoni böladi.

“Bunyodkor” FK delegatsiyasi Isfahon şahriga mahalliy vaqt bilan 22:15da yetib borişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uçraşuvi 5 aprel kuni Toşkent vaqti bilan soat 20:30da boşlanadi.

Manba: fcbunyodkor.com