Britaniyadagi Xartfordşir universiteti talabalari 3D-printer yordamida yaratilgan liboslar kolleksiyasini namoyiş qilişdi. Liboslarning öziga xosligi şundaki, ularni tayyor holatida ham körinişi va ölçamini özgartirsa böladi, deb xabar beradi WWD.
Universitet dekan örinbosari Şon Borstrokning sözlariga köra, u yerda ançadan beri moda va zamonaviy texnologiyalar bilan hamohang nimadir yaratiş rejalaştirilgan edi.
Kolleksiyaga turli rangdagi 8 ta köylak kiritildi. Köylaklarni yaratişga ketgan vaqt ularning biçimi murakkabligiga boğliq. Masalan, bir köylakni yaratiş uçun 62 soat vaqt sarflandi. Liboslarning narxi xali ma'lum qilinmadi.
Maşhur brendlar libos yaratişda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan köp foydalanadilar. Misol uçun, Adidas 3D-printerdan çiqqan krossovkalar işlab çiqardi, Faraday firmasi esa elektromagnit tölqinlardan himoya qiluvçi libos yaratdi.






