AQŞning atrof-muhit milliy instituti (NIEHS) olimlari homilaning rivojlanişi vaqtida çekiş uning DNKsining mutatsiyasiga olib kelişini isbotlaşdi. Tadqiqot American Journal of Human Genetics jurnalida çop etildi.
Çekiş va DNKning kimyoviy modifikatsiyasi örtasidagi boğliqlik avvallari ham örganib çiqilgan. Ammo 6685 onalar va yangi tuğilgan bolalar iştirokida olib borilgan oxirgi tadqiqot natijasida bu zararli odat katta yoşli çekuvçilardagi kabi homila genida ham epigenetik özgarişlarga olib kelişi aniqlandi. Tadqiqot muallifi Stefani London quyidagiça izohlaydi: “Qorindagi homila sigaretadan çiqadigan moddalardan nafas olmasada, ularning köp qismi plasentga tuşadi”.
Tadqiqotda iştirok etgan 13 foiz ona doimiy çekuvçilar guruhiga, 62 foizi çekmaydiganlar va 25 foizi esa kam çekuvçi yoki homiladorlikning ilk haftasida zararli odatdan voz keçganlar guruhiga mansub bölgan. Şuningdek, tadqiqotçilar yangi tuğilgan çaqaloqlarning kindigidan qon namunasi olib, ularning DNK metillaşuvini tekşirişgan.
Natijada, doimiy çekib yurgan onalarning bolalarida epigenetik özgarişlar sodir bölişi kuzatilgan. Bu özgarişlar kelajakda nafas va asab tizimi kasalliklari, çekiş bilan boğliq onkologik xastaliklar, şuningdek, tuğma nuqsonlarga olib kelar ekan.







