Şvetsiyalik futbolçi Zlatan Ibrohimoviç Yevropada qolmoqçi va Xitoy köçib ötmaydi, deb yozmoqda Eurosport.ru naşri.
Ibrohimoviçga Xitoy Superligasi klublari tomonidan katta qiziqiş bildirilayotgani haqidagi ma'lumotlar ança avval paydo bölgandi, biroq futbolçi va uning agenti Mino Rayola aniq summalarni aytişdan boş tortayotgan edilar.
The Telegraph naşriga ma'lum bölişiça, xitoyliklar Ibrohimoviçga yiliga soliq solinmaydigan 76 mln yevrolik maoş taklif qilişgan. Agar 34 yoşli futbolçi rozi bölganda, 5 karra "Oltin töp" sohibi Lionel Messidan 3 karra köproq maoş olgan bölardi. Biroq Ibrohimoviç Xitoydan bildirilgan "ulkan" taklifni Yevropada qoliş uçun rad etdi.
Ibrohimoviç 2012 yildan beri "PSJ" safida töp surib keladi. Yozda u erkin agentga aylanadi. Zlatan yangi klubidan haftasiga 380 ming yevrodan kam bölmagan maoş söramoqçi.






