Yle naşrining xabar berişiça, mamlakatda musulmonlar soni ortib borayotganligi bois halol göştga talab ortmoqda.

Zarur talablarga javob beruvçi göşt Finlyandiyaning özida ham tayyorlana boşlandi, lekin mahsulotning aksar qismi avvalgidek çetdan keltirilmoqda.

Fin qonunlari va islom an'analrini uyğunlaştiriş maqsadida molni söyiş vaqtida qassobxona xodimi, veterinar-inspektor va musulmon qassob iştirok etmoqda.

"Halol göştga talab asosan qoçqinlarni qabul qiluvçi tuman markazlaridagi dökonlar va Fin Qizil Xoç taşkilotidan kelib tuşmoqda", - dedi tadbirkor Harri Lyaxteyenmyaki.