Bir neça kun avval Microsoft kompaniyasi Build anjumani doirasida birinçi marta yangilangan Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi

Apdeyt mavjud kamçiliklarni töğirlaşi, şuningdek, yana bir qança yangiliklar kirita olişi kerak. Ulardan biri Windows Ink nomli funksiyadir. U yordamida Windows 10 qurilmasining egasi turli dasturlar (masalan, Maps, Microsoft Edge, Office va boşqalar)da qölyozma eslatmalarini amalga oşirişi mumkin. Biroq, anjuman doirasida Microsoft vakillari qölyozma va stiluslar orqali ma'lumotlarni kirita oluvçi qurilmalar haqidagi yana bir muhim yangilik töğrisida jimlik saqlaşdi.

Yaqinda esa Windows kompaniyasi Wacom bilan hamkorlikda köplab qurilmalar bilan foydalaniş imkoniga ega universal stilus (elektron ruçka)ni yaratişi haqida e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, Microsoft va Wacom avval ham birgalikda hamkorlik qilişgan – yetakçi kompaniyalarning yaratgan stilusi Surface Pro birinçi va ikkinçi avlodi uçun grafik planşetlarda foydalanilgan. Keyinçalik esa Microsoft N-Trig kompaniyasining mutaxassislari bilan hamkorlikni boşlagan.

Taxmin qilinişiça, yangi universal stilus Wacom va Microsoft mahsulotlarining eng saralarini özida jamlaydi. Şu tarzda, stilus uni yozuvlar va rasmlar uçun işlatadigan foydalanuvçilarga yoqadi.