Sayohatçilar taşrif buyuradigan Qohiradagi maşhur kopt (nasroniy) tumanidan taşqari, Misr poytaxtida nasroniylar yaşaydigan yana bir joy mavjud.

Bu yerda qadimiy bölmagan katta ğorda joylaşgan çerkov mavjud bölib, uning ibodatxonasi Muqaddas Maryam va Muqaddas Simeona nomini olgan. Çerkov Yaqin va Örta Şarqdagi eng katta nasroniy inşooti bölib, yigirma ming kişini öz içiga siğdira oladi! Uning nomi Muqaddas Simeon Etikdöz bölib, öninçi asrda yaşab ötgan va minglab dindoşlarini qutqargan Simeon Teri oşlovçiga bağişlangan.

Biroq bu yerda heç kim ekskursiya taşkil etmaydi. Mukattam toğlari bağrida joylaşgan bu hudud, Çiqindiçilar şahri yoki mahalliy aholi tili bilan aytganda, Manşiyat-Nosir deb ataladi.

Bu yerda faqatgina “zabbalinlar” deb nomlanuvçi ijtimoiy guruhni, ya'ni sub-etnosni taşkil etgan xristian-koptlar mehnat qilişadi. Ular bepulga (şahar ma'muriyatidan xizmatlari uçun mablağ olmişmaydi) çiqindilarni ön beş millionli Qohira şahridan olib çiqib ketişadi, ajratişadi va qayta işlaşadi hamda faqatgina qayta işlaganlari uçun pul olişadi. Şuningdek, bundan yaxşigina foyda ham olişadi.

Çiqindilarni ajratiş jarayoni barça oilalarda bir qança farq qiladi. Ammo şahar böylab eşaklar ulangan aravalarda katta qoplarga çiqindilar yiğilib, “hosil”larni ma'lum bir şahardagi nuqtalarga olib boriladi va u yerdagi yuk taşuvçi maşinalarga joylaştiriladi.

Çiqindilar, öz navbatida, “Çiqindiçilar şahri”ga olib boriladi va birinçi qavatga taşlanadi. Bu yerda çiqindi birlamçi ajratiş jarayonidan ötkaziladi, misol uçun, barça metall buyumlar, ikkinçi qavatda esa barça qoğoz va plastik buyumlar ajratib olinadi. Barça keraksiz çiqindi pastga jönatiladi va yoqib yuboriladi. Tepa qavatlardan esa yaşaş uçun foydalaniladi.

Çiqindilar ajratilib bölinganidan söng, Qohiradagi mahalliy qayta işlab çiqariş fabrikalariga jönatiladi. U yerda tayyor mahsulotlar işlab çiqariladi.