Agent 007 roli bilan maşhur britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg BMTning minasizlantiriş böyiça işlarini faolroq qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
2015 yilda BMT Boş kotibi Pan Gi Mun Kreygni minalarni hamda portlaş xususiyatiga ega uruş aslahalarini yöq qiliş böyiça global kuraşçisi etib tayinladi.
Endi aktyor BMTda tegişli mazmunda çiqişlar qilmoqda.
Kreygning sözlariga köra, Suriya, Iroq, Liviya va Somali kabi mamlakatlardagi holat mazkur soha hamon moliyalaştirişga muhtojligini körsatadi.






