AQŞda Krou qabilasining sönggi harbiy sardori, maşhur tarixçi, Ikkinçi jahon uruşi veterani Jo Medison Krou vafot etdi. Huştak çaluvçi suv uruği vakili 102 yoşda edi, deb xabar beradi Associated Press.
1939 yili Krou öz qabilasidan birinçi bölib (antropologiya böyiça) magistr darajasini qölga kiritgan. Ön yillab öz xalqining tarixini örgangan.
Qabilaning harbiy rahbari unvoniga Krou Ikkinçi jahon uruşida qator mardonavor harakatlari evaziga erişgan. Jumladan, u duşman lageridan otlar öğirlagan va nemis askari bilan jang qilgan.
Bundan taşqari, Krou öz xalqi madaniy an'analarini zamonaviy jamiyat imkoniyatlari bilan “boğlaş” borasidagi işlarda ham iştirok etgan.
2009 yili AQŞ prezidenti Barak Obama Krouni Prezident Erkinlik medali bilan taqdirlagan.






