"Çelsi" jamoasi direktori Marina Granovskaya Antone Konte jamoaning yangi murabbiyi bölişi e'lon qilinganidan keyin jamoani ayni vaqtda boşqarib turgan Guus Hiddinkka bajargan işlari uçun minnatdorçilik bildirdi.
Hollandiyalik uşbu mutaxassis 2015 yilning 17 dekabrida avvalgi boş murabbiy Joze Mourino işdan böşatilgaç, mavsum oxirigaça jamoani boşqarişi uçun olib kelingandi.
Bugun londonliklar jamoasi Antonio Konte bilan 3 yillik şartnoma tuzgani va yangi mavsumdan boşlab u jamoaga ustozlik qilişi haqida rasman e'lon qildi.
"Biz dunyodagi eng hurmatga sazovor murabbiylardan biri bilan kelişuvga erişganimizdan xursandmiz. Şu bilan birgalikda, mavsum yakunigaça jamoada iş olib boradigan Guus Hiddinkka ham öz minnatdorçiliklarimizni bildiramiz. U ötgan vaqt içida jamoa uçun katta hajmdagi işni bajardi", deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi jamoa rasmiy sayti.
Ma'lumot uçun, "Çelsi" Hiddink boşqaruvida APLda ötkazilgan 16 uçraşuvda biron marta mağlubiyatga uçramadi (7ta ğalaba, 9ta durang). Bu vaqt içida jamoa 16 örindan 10 öringa kötarildi. Turnir yakunlanişiga 6 tur qolganida londonliklar jamoasi hisobidagi oçkolar soni 44ta bölib turibdi.






