«Barselona» jamoasi murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolçilari Lionel Messi, Luis Suares va Neymar haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.

«Messi, Suares va Neymar – dunyoning eng zör futbolçilari. Lekin bu degani ular maşinalar degani emas. Hujumçilarimiz yuqori saviyali futbolçilar ekani aniq, lekin bu «Barselona»ni yengilmas qilib qöya olmaydi.

Jamoamizning muvaffaqiyatlari hujum uçligimizgagina boğliq emas. Va mağlubiyatlarda ham ayb faqat ularning yelkasiga taşlanmaydi. Aytişim mumkinki, ayni vaqtda «Barselona» triosining sport formasi ajoyib holatda», – deydi murabbiy.

Enrike şuningdek, «Real»ga qarşi öyindan keyin tanqidlarga uçragan Arda Turan haqidagi gaplarga munosabatini bildirib ötdi.

«Mağlubiyatda bir futbolçini ayblaş ahmoqlik.

Arda şunçaki omad bizdan yuz ögirayotgan vaqtda maydonga tuşdi. Agar u maydonga tuşmaganida ham «Real» gol urişi mumkin edi. Bu futbolçi bizning öyinimizga juda mos, u kamdan-kam hollardagina töpni yöqotadi.

Ha, barça ham «Barselona»ga osonlik bilan qöşilib keta olmagan. Turan esa biz qanday öynaşimizni bilardi va oson moslaşdi», – deydi u.