Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyaçisi Jyerar Pike Lionel Messi va «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduni özaro taqqoslab kördi.

«Öylaşimça, ularning ikkalasi ham aqlbovar qilmas saviyadagi futbolçilar. Biz nafaqat ikki jahonning eng kuçli futbolçilari, balki futbol tarixidagi eng buyuk futbolçilar haqida gapirmoqdamiz.

Men har doim aytganman, Messida bor iqtidor boşqa heç kimda yöq. U aqlbovar qilmas tezlikda töpni boşqara oladi. U töpni ikki metrdan ortiq uzoqlaştirmaydi. Leoni töxtatiş juda murakkab. Undagi iqtidorni boşqa heç kimda körmaganman.

Ronaldu – boşqa, butunlay boşqa futbolçi. U baland böyli, kuçli – yetuk. U nima xohlasa, şuni bajara olişi mumkin. U penaltidan, jarimadan va yakkama-yakka vaziyatda gol ura olişi mumkin.

Şaxsan men Messi – odam deb öylamayman, Ronaldu esa odamlar içidagi eng kuçli futbolçi. Messi özga sayyoralik», – deya gapirib ötgan Pike.