Hartfordşir (Buyuk Britaniya) grafligida iste'qomat qiluvçi Ember Rouz ortiqça vazni tufayli samolyot örindiğiga siğmayotganligi uçun 83 kilogrammga ozdi va osilib qolgan terisini yöqotiş uçun 11 ming dollar sarfladi. Bu haqida 4 aprel kuni Daily Mail naşri xabar berdi.
24 yoşli Emberdan samolyotda uçiş uçun ikkita çipta sotib olişi kerakligini talab qilişgan, çunki uning ortiqça vazni tufayli parvozni bir örindiğda xavfsiz ötkaza olmas edi.
Dösti uning kundalik ratsioni tuşirilgan suratni internetga joylaştirganidan söng oğirligi 159 kilogramm bölgan britaniyalik qiz ortiqça vaznning asosiy sababi notöğri ovqatlanişi ekanligini payqab qoldi. Öz menyu va qomatini taşqaridan körganidan söng, Rouz trenajyor zaliga qatnay boşladi va muammoli kaloriyalar miqdorini qisqartira boşladi.
U ozganidan keyin tanadagi ortiqça terilarni yöqotiş va qorin terisini torttiriş operatsiyasini amalga oşirişga qaror qildi.
“Şu reysda yoz oyida uçişni va özimning yangi qomatim bilan maqtanişni juda ham xohlar edim”, - deydi Rouz.
Uning aytişiça, kosmetik amaliyotlar uçun ketadigan mablağni uzoq yillar yiqqan.






