Xitoyning eng yirik internet-qidiruv portali Baidu “panama papers” (“panama hujjatlari”) qidiruviga javob bermayapti, deb yozadi Bloomberg.
Bunday izlanişga “qidiruv natijalari qonun va normativ akt me'yorlariga mos emas. Boşqa qidiruv jumlasini kiritişga harakat qiling” jumlasi taqdim etilmoqda.
Naşriyotga köra, ofşor registratori töğrisidagi suriştiruv-tergov işlari materiallarida 100 nafardan ortiq yuqori lavozimdagi mansabdorlar, ularning oila a'zolari tilga olingan. Ular orasida Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpinning bojasi ham bor. Manba böyiça u Britaniya Virjiniya orollaridagi ikkita kompaniyaning aksioneri bölgan.
Şuning uçun Xitoyda internet qidiruv portallari orqali şu mazmundagi izlaşlar çeklab qöyildi. Mahalliy Global Times naşri suriştiruv-tergov işi töğrisidagi qaydni faqat ingliz tilida çop etdi.






