Britaniya boşpanasida yaşovçi Tilli laqabli muşukdan umumiy hisobda 30 ming marta boş tortişgan. Bu haqda The Mirror xabar berdi.
Hozir muşuk 24 yoşda, 21 yil boşpanada yaşagan. Qarib qolganiga qaramasdan u hamon öziga uy qidirmoqda.
Muşukni 1995 yili topib olişgan. Uni boqib olmoqçi bölganlarga qiziqiş bildirmagan, unga körsatilgan e'tiborni ham “nazariga ilmagan”.
Markaz rahbari Joys Klarkning sözlariga köra, hozir Tilli boşqa muşuklarga ğamxörlik qila boşlagan. Bundan taşqari, Klark Tillini Britaniya boşpanasidagi eng yoşi uluğ muşuk deb atadi.
Markaz qoidalariga köra, soğlom hayvonlarni uxlatilmaydi (bir umrga uxlatiş). Tillining esa soğliği joyida.






