hp kompaniyasi ançadan buyon barçaning e'tiborini torta oladigan noutbuk yaratişga urinar edi. Endi u özini şu maqsadiga erişgan, deb hisoblaydi.
Yangi Spectre 13 (yoki şunçaki hp Spectre) noutbuki 10,4 millimetr qalinlikka ega va u şu paytgaça işlab çiqarilgan eng ingiçka noutbukdir.
Asosçilar noutbukining qalinligi (10,4 millimetr) Apple MacBook (13,2millimetr) va MacBook Air (17millimetr)dan ingiçka ekaniga urğu bergan holda uni makbuklarga töğridan töğri raqobatçi, deb hisoblaşadi.
Ingiçkaligiga qaramasdan hp Spectre 13 tölaqonli i5 yoki i7 protsessoriga, 13.3" 1080p ekraniga, 8GB RAM va 256GB SSD baza modeliga ega.
Şuningdek, hp Spectre’da USB-C, uçta port (ikkitasida Thunderbolt imkoniyati bor) mavjud.

hp kompaniyasi vitse-prezidenti Mayk Neşning sözlariga köra, uşbu noutbukni yaratişda issiqlik tarqatiş va quvvat manbai masalalariga alohida urğu berilgan.
Korpusining asosiy qismi töq kulrang alyuminiydan yasalgan. Çetlari bronza rangidan işlangani ajoyib nur taratadi.

13 apreldan 25 aprelgaça hp yangi noutbuklariga 1 169,99 dollar narxida avvaldan buyurtmalar qabul qiladi. Bu buyurtmalar may oyida tayyor böladi. Xuddi şu may oyining 22-sanasidan boşlab Best Buy savdo tarmoğida 1 249,99 dollar narxda sotila boşlaydi.






