Bugun, 5 aprel kuni Özbekistonning ikki jamoasi - "Nasaf" hamda "Bunyodkor" Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçi doirasida navbatdagi öyinlarida maydonga tuşdi.
Qarşida Qatarning "Al-Jaiş" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" jamoasi raqib darvozasiga yöl topolmadi va öyinda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Jamoalarning Qatarda bölib ötgan birinçi öyinida Sardor Raşidovning yagona goli "Al-Jaiş"ga ğalaba keltirgandi.
4-turdan keyin "Nasaf" 4 oçko bilan öz guruhida 2-örinni egallab turibdi. "Al-Jaiş" hisobidagi oçkolar soni esa 10taga yetdi va qatarliklar yaqqol peşqadamga aylandi.
Guruhning ikkinçi uçraşuvi 5 aprel kuni Toşkent vaqti bilan sota 22:25 da start oladi. Unda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi öz maydonida BAAning "Al-Ayn" jamoasini qabul qiladi. Har ikki klub 3 turda 3tadan oçko jamğargan.
Osiyo Çempionlar Ligasi
"D" guruhi, 4-tur uçraşuvi
"Nasaf" (Özbekiston) — "Al-Jaiş" (Qatar) 0:0
"Nasaf" Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Şuhrat Muhammadiyev, Ilhom Şomurodov, Dilşod Rahmatullayev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov (Aziz Ğaniyev, 78), Erkin Boydullayev, Azamat Allaniyazov (Bobir Abduxoliqov, 63), Şerzod A'zamov, Saydullo Rahmatov.
"Al-Jaiş": Xalifa Ababakar, Murod Naji, Lukas Mendes, Yosir Isa, Abdurazzoq Hamdallah, Sardor Raşidov (Otman Al Yahri, 86), Majid Muhammad, Abdurahmon Muhammad, Xolid Az-Zereqi, Ahmad Moyein, Romaringo.
Ogohlantirişlar: Şerzod A'zamov, 32 (N). Majid Muhammad, 35 (A). Artur Gevorkyan, 84 (N).






