Yaponiya avtogiganti Toyota Motor Corp. va Amerika kompyuter korporatsiyasi Microsoft Corp. "aqlli" avtomobillar yaratişda hamkorlik qilişga kelişib oldilar. Bu haqda TASS xabar berdi.
Nikkei gazetasining yozişiça, şu maqsadda qöşma kompaniya taşkil etiladi. Kompaniya Microsoft’ning ilğor texnologiyalari yordamida Toyota avtomobillaridan olingan ma'lumotlar qayta işlanadi.
Loyiha maqsadlaridan biri – yanada mukammal boşqaruvçisiz maşina-robotlar, ularning ma'lumotlar bazasi faol yangilaniş tizimi hamda navigatsiya tizimini yaratiş. “Aqlli” maşinalar, şuningdek, öz haydovçilarining odatlari va ehtiyojlarini örganiş “qobiliyati”ga ega böladi.
Masalan, maşina köp yuriladigan yönalişlarni yodlab oladi va egasidan ruxsat söragan holda öşa yerdagi avtoturargohdan joy buyurtma qiladi.
Avtomobil pulsni hisoblaş orqali haydovçining soğliğini ham nazorat qiladi.






