Betmen rasman 1939 yilning mayida millioner Bryus Ueyn jinoyat bilan kuraşga kirişganida dunyoga kelgan.

Bu obraz kinoçilar tomonidan turli davrlarda talqin etildi. Ba'zilari omadsiz çiqqan bölsa, boşqalari şedevrga aylandi. Betmenning navbatdagi tarixi unga boşqaça köz bilan qaraş imkonini beradi. Bu safar uni Ben Afflek ijro etdi.

Sakkiz aktyorning har biri muxlislar uçun alohida mavzuga aylanadi.

Lyuis Uilson
"Betmen", tv-şou. 1943
Detective Somics’da ilk köriniş berganidan 4 yil ötib, Betmen televizor ekranlariga köçadi. Boş rolni Lyuis Uilson ijro etdi. Syujyetga köra, Betmen - AQŞ hukumatining maxsus agenti, ikkinçi jahon uruşi paytida yapon ayğoqçisi Doktor Dak bilan kuraşga kirişadi. Serialda birinçi marta qadimiy soat bilan tösilgan Betmen ğori, xizmatkor Alfred namoyon böldi.

Robert Louri
"Betmen va Robin", tv-şou. 1949
Ikkinçi Betmen özining ozğin böy-basti bilan ajralib turgan, lekin Lyuis Uilsonçalik muvaffaqiyatga sazovor bölmagan.
"Betmen va Robin" 1943 yilda olingan "Betmen" serialining davomi sifatida ekranga çiqdi. Byudjyetning kamligi va ssenariynavislarning loyihaga jiddiy yondaşmagani serialni çippakka çiqardi. Kamçiliklarga qaramay, serial personajga qiziqiş uyğota oldi va keyingi loyihaning katta muvaffaqiyatiga asos bölib xizmat qildi.

Adam Uest
«Betmen», tv-şou, 1966
Adam Uest ijrosidagi Bryus Ueyn katta ahamiyatga ega böldi. Aynan şu aktyor bugungi kunda qahramonning ajralmas qismiga aylangan jihatlarni yarata olgan. 1966 yilda çiqqan serial haqiqiy TV fenomeni bölgan. 3 fasli çiqarilgan. Birinçi fasldan keyin xuddi şu aktyorlar ijrosidagi töliq film kinoteatrlarda namoyiş etilgan. Bryus Ueyn va uning şerigi Dik Greson - Betmen va Robin niqoblarida jinoyat bilan kuraşadi.