Zamonaviy asrimizda zamonaviy qallobliklar paydo böldi. Gapimizni isboti bilan gapiradigan bölsak, özbekistonlik bir qança maşhur şaxslar, köp hollarda, san'atkorlarning nomiga turli ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifa oçilib, fotosuratlari joylaştirilib, ularning şaxsiy hayoti va ijodi haqida turli gap-sözlarni tarqatib yurişganini kuyinib misol keltiriş mumkin.

Jumladan, xonanda Botir Qodirovning nomidan ana şunday sahifalar oçilib, yurğizilayotganini aytib ötiş kerak. Xonandaning aytişiça, internetdagi biror-bir ijtimoiy tarmoqda uning şaxsiy sahifasi yöq. Ammo şu kunlarda soxtalari oçilgan.

Bu kabi işlarni qilayotganlarga açinib ketasan. Qimmatli vaqtlari nimaga sarflanayotganiga, ertaga bu işlarning ham javobi borligiga va eng asosiysi insoniylik degan çegaradan çiqib ketişayotganiga qarab, boşingni çayqaysan va barça qatori ularga ham insof tilaysan.