Hozir köhna tarix buyukligini isbotlovni yana bir manzilga taşrif buyuramiz. Triniti-kolleji kutubxonasining muhtaşam Uzun zali — Dublinning tom ma'nodagi ajoyib xazinasi hisoblanadi. 

Uzunligi 65 metrli bu xona 1712 va 1732 yillar oraliğida qurilgan. U öz bağrida 200 mingdan ortiq kitoblarni saqlaydi. Sizga bu yerda şunça kitob qanday yiğilib qolgani qiziqmi? Kutubxona 1801 yiliyoq Buyuk Britaniya va Irlandiyada çop etilgan kitoblarning tekin nusxasiga da'vo qiliş huquqini qölga kiritgan. 

Monaxlar tomonidan 1200 yil avval yozilgan hamda insoniyat tarixidagi eng qadimiy va eng noyob kitoblardan biri bölmiş Kell kitobi ham aynan şu yerda - mamlakatning eng katta kutubxonasida saqlanadi. 

Dublinga taşrif buyurganingizda bu muhtaşam kutubxonani, albatta, ziyorat qiling!