MENSA deb ataluvçi jahondagi eng aqlli kişilar taşkiloti aslida nima bilan şuğullanadi? NUR.KZ sayti şu savolga javob topişga urinib körgan.

Stol ma'nosini beruvçi lotinça "mensa" sözi bilan nomlanuvçi klub aqliy qobiliyati (IQ) yuqori bölgan kişilar uçun taşkil etilgan, eng yirik va maşhur notijoriy taşkilot bölib, IQ testlarini yer sayyorasining 98 foiz aholisiga nisbatan yaxşiroq topşirgan kişilar uning a'zosi böla olişadi.

Uning 50dan ortiq davlatda milliy şö'balari faoliyat yuritadi, a'zolari soni 100 davlatdagi 120 ming kişidan ortadi. Klubga 1946 yili asos solingan. Mensaning öz "konstitutsiya"si, ya'ni Nizomi ham bor.

Jamoa a'zolari, turli narsalarga qiziqişadi, şunga köra öz guruhlarini taşkil etişadi. Misol uçun, AQŞda mototsiklçilar va biznes amaliyotlar bilan qiziquvçilar guruhi bor.

Aytiş joizki, klub a'zolari hordiq çiqariş va köngil yoziş maqsadida töplanadilar xolos. Ular, mafiya öyini yoki poker öynaşlari mumkin. Uçraşuvlarda siyosiy, diniy mavzular muhokama etilmaydi, aksinça fan-madaniyatga oid xabarlar munozara markazida böladi.

Öz davrida Ayzek Azimov, Jon MakAfi va boşqalar Mensa a'zolari bölişgan. "VKontakte" asosçisi Pavel Durov ham şu taşkilot a'zosi ekani taxmin qilinadi.

Mensa saytida aytilişiça, klub a'zolari orasida millionerlar qatori işsizlar ham bor. Unda, professorlar bilan bir davrada, haydovçilar, olimlar va öt öçiruvçilar, boşqa kasb egalari töplanib fikr almaşişlari, hordiq çiqarişlari mumkin.