20 yildan buyon Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan taşkil etilgan “Taşabbus” körik-tanlovi ötkazib kelinadi. Bu yil ham poytaxtimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun “Taşabbus – 2016” körik-tanlovining respublika bosqiçi yakunlandi. Bu haqda uza.uz sayti xabar berdi.

Tanlovda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, içki bozorni sifatli tovar va xizmatlar bilan töldiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş hamda bandligini ta'minlaşda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik neçoğli muhim örin tutişi namoyon böldi.

Joriy yilda uşbu tanlovning tuman va şahar bosqiçlarida 7 ming 700 dan ziyod tadbirkor, fermer va hunarmand qatnaşdi. Ularning 540 nafardan ortiği hududiy bosqiçlarda iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Hakamlarning yuqori baholariga sazovor bölgan 41 iştirokçi “Taşabbus – 2016” körik-tanlovining mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi.

“Turkiston” saroyida taşkil etilgan ekspozitsiyada oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot preparatlari, maişiy texnika, liboslar, mebel mahsulotlari, zargarlik bezaklari, gilamlar, quriliş materiallari va boşqa köplab mahsulotlar taqdim etildi. Har bir eksponent stendida tadbirkorlik faoliyatining yutuqlari va imkoniyatlari namoyiş qilindi.

Ğoliblar uçta asosiy – «Yilning eng yaxşi tadbirkori», «Yilning eng yaxşi fermeri» va «Yilning eng yaxşi hunarmandi» yönalişlari, şuningdek, «Yilning eng yoş tadbirkori», «Yilning eng yaxşi tadbirkor ayoli», «Eng yaxşi innovatsion loyiha», «Yoşlar uçun eng köp iş örinlari taşkil qilgan tadbirkor», «Mening Vatanim – mening faxrim», «Eng yaxşi oilaviy biznes sohibi», «Oziq-ovqat sanoatida yilning eng yaxşi tadbirkori», «Yilning eng yaxşi mahsuloti», «Yilning eng yaxşi eksportçisi» va «Eng yaxşi mas'uliyatli ijtimoiy şerik» kabi qöşimça nominatsiyalar böyiça aniqlandi.

“Yilning eng yaxşi tadbirkori” nominatsiyasida Namangan viloyatidan “Aisha Home Textile” qöşma korxonasi rahbari Jobir Kamoliddinov ğolib böldi. Mazkur korxona töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Toşkent viloyatidan Ismatilla Dadaboyev “Yilning eng yaxşi fermeri” deb topildi. Uning rahbarligidagi xöjalikda paxta va ğalla yetiştiriladi, qoramol va parranda parvariş qilinadi, qişloq xöjaligi mahsulotlari qayta işlanadi.

Toşkent şahridan Madina Qosimboyeva “Yilning eng yaxşi hunarmandi”, deb e'lon qilindi. U kaştaçilik va sözana mahsulotlari işlab çiqaradi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.Rozuqulov iştirok etdi.