Tourism Tasmania sayyohlik taşkiloti Derek laqabli vombatga uç kun davomida ğamxörlik qiladigan odam qidirmoqda.
Tasmaniyaning şimoli-şarqidagi Flindes orolida istiqomat qiluvçi mitti Derekning onasi avtomobil avariyasida halok böldi. Öşa paytda Derek uning xaltasida bölgan.
Derekni zooekspert Keyt Muni topib olgan va unga ğamxörlik qiladi.
Uç kunlik enaga tanloviga faqatgina voyaga yetgan Avstraliya fuqarolarining nomzodlari qabul qilinadi. Tanlovdan ötganlarga orolgaça ikkita çipta, yaşaş va maşina xarajatlari tölab beriladi.
Vombat – Avstraliyada yaşaydigan qopçiqlilar turiga mansub, körinişi kiçik ayiqni eslatuvçi hayvon.






