Florida gubernatori Rik Skott qonuniy nikohda bölmagan juftliklarning birga yaşaşini taqiqlovçi qonunni bekor qildi.

Qonun aslida juda kam qöllanardi. Unga rioya etmaganlarga 60 kun qamoq jazosi yoki 500 dollar jarima jazosi tayinlangan.

Qonunni bekor qiliş taşabbuskorlaridan biri bölgan respublikaçilar partiyasi vakili Riçard Starkning sözlariga köra, köpçilik yoşi katta juftliklar nikohsiz birga yaşaşadi, buning uçun ularni qonunbuzarlarga çiqariş yaramaydi.

Qonun 148 yil avval qabul qilingandi.

Endi Amerikada qonuniy nikohsiz yaşaş mumkin bölmagan Miçigan va Mississipi ştatlari qoldi.