Bugun, 7 aprel kuni indoneziyalik 2 nafar harbiy paraşyutdan sakraşni repetitsiya qiliş çoğida halok böldi.
"Ular Jakartada bölib ötadigan aviaşouga tayyorgarlik körayotgan edi", deb xabar beradi Associated Press agentligiga tayanib TASS.
Indoneziya harbiy havo kuçlari vakili Dvi Badarmantoning sözlariga köra, harbiylarning biri 3,8 ming metr balandlikdan tuşib ketib halok bölgan – uning paraşyuti oçilmay qolgan. Ikkinçisi esa kuçli şamol tufayli parvoz nazoratini yöqotib qöygan. Ikkala desantçilar ham HHKning obröli bölinmalari tarkibida bölgan.
Ular yuzlab boşqa paraşyutçilar qatorida respublika qurolli kuçlarining 70 yilligiga bağişlangan bayramga tayyorgarlikda qatnaşayotgan edi.
Indoneziya harbiy havo kuçlari 1946 yil 9 aprelda taşkil topgan.







