Suriya böyiça muzokaralarning yangi raundi Jyenevada 13 aprelda boşlanadi. Bu haqda Suriya muxolifati delegatsiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

"Bugun de Misturaning idorasidan muzokaralar böyiça navbatdagi raund Jyenevada 11 aprel örniga 13 aprelda boşlanişi haqida ogohlantiriş oldik", deb aytdi manba.

Avvalroq BMT boş kotibining Suriya böyiça maxsus elçisi Staffan de Mistura Moskvaga 5 aprelda kelişi ma'lum qilingandi. De Mistura taşrifi vaqtida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriya böyiça muzokaralarning keyingi raundiga tayyorgarlikni muhokama qilişi kerak edi.