Nikoh marosimida kelin va kuyov bir-biriga ölimdan boşqa heç nima ularni ayirmasligiga qasamyod qilişadi. Badavlat insonlarning hayotdan köz yumişi esa sevimli ayoli haqida qayğurişiga tösqinlik qilmaydi. Daily Mail naşri Stiv Jobsning bevasi meros qolgan milliardlarni qanday tasarruf etganligi haqida hikoya qildi. Quyida şuningdek boşqa milliarderlarning beva rafiqalari qanday hayot keçirayotgani haqida sözlangan.
Olmalar va hayriya
Apple kompaniyasining asosçisi Stiv Jobs va Stenford universitetining bitiruvçisi Loren Pauell 1991 yilda birinçi iPod namoyişiga qadar turmuş qurişadi. Loren ham Stiv kabi dzen-buddizmga qiziqqan va öz turmuş örtoğining murakkab dunyoqaraşini kötara oladigan kuçli xarakterga ega bölgan. Ular 2011 yilda Stiv Jobsning saratondan vafot etguniga qadar birgalikda yaşaşdi. Ularning Erin, Yeva ismli qizlari va Rid ismli öğli bor.
2016 yilda Loren Pauell-Jobs Forbes jurnalining ma'lumotiga köra, dunyodagi eng badavlat ayollar orasida oltinçi örinni egalladi. 52 yoşli bevaning moliyaviy holati 16.7 milliard dollarga baholangan.
Uning tasarrufida ikkita şaxsiy samolyoti (qiymati 58.8 million va 10 million dollarga teng), törtta uy, 138 million qiymatdagi 80 metrli yaxta, Walt Disney Company va Apple aksiyalari bor.
Pauell-Jobsning asosiy kapitali aynan turmuş örtoğidan meros bölib qolgan Walt Disney Company va Apple aksiyalaridan kelib tuşadi.
2006 yilda Disneydagi aktivlari qiymati ikki barobarga ortgan. Uning The Laurene Powell Jobs Trust fondi Uolt Disney kompaniyasining 7,8 foizlik aksiyalari bilan eng yirik aksionerlardan biri hisoblanadi.
Bevaning Appledagi uluşi kamroq bölib, 560 million dollarni taşkil etadi.
Loren faqatgina Stiv Jobs yaratib bergan şaroitga qarab qolgan emas. 2015 yilning sentabr oyida XQ: The Super School Project loyihasiga 50 million dollar ajratdi. Bir neça oylardan beri köplab mutaxassislar va taşabbuskorlar kelajak maktabi ustida iş olib borişmoqda.
Bundan taşqari, Jobsning bevasi biznesni ijtimoiy instrument sifatida foydalanişni tadqiq etuvçi Emerson Collective taşkilotiga asos soldi.

Kamtar bölişga qaror qildi
Kimdir dökonlarda pul sarflasa, kimdir esa işlab topadi. Forbes jurnalining ma'lumotiga köra, dunyodagi eng boy ikkinçi ayol Wal-Mart asosçisi öğillaridan birining bevasi Kristi Uolton hisoblanadi. Xalqaro firma dunyodagi eng katta ulgurji savdo tarmoğini Walmart savdo belgisi ostida boşqaradi. Uning turmuş örtoği Jon misli körilmagan boylikni unga meros qilib qoldirib ketgan bölsa-da, 66 yoşli Kristi Uolton Vayoming ştatidagi kiçik bir şaharçada kamtarona hayot keçiradi.







