Çiqindilar bilan boğliq muammolar bugungi kunda global masalalardan biriga aylanib bormoqda, desak yanglişmagan bölamiz. Tarixdan xulosa çiqaradigan bölsak, çiqindilar nafaqat gigiyena va salomatlik masalasida, balki şaharsozlik, xatto xalqaro aloqalarda ham muhim örin tutganiga guvoh bölamiz. Bugun biz Xitoyda çiqindi yiğuvçilar qişloği, Ganadagi elektronika çiqindixonasi, Hindistondagi kemalar qabristoni haqida qisqaça ma'lumot berişga harakat qilamiz.
Munitsipal darajadagi ilk çiqindixonalar Afinada eramizdan avvalgi 400 yilda taşkil etilgan ekan. Öşanda barça çiqindilar maxsus savatga solinar va keyinçalik şahar taşqarisiga olib çiqib taşlanar edi. Qadimiy Rimda ham çiqindilar şahar taşqarisiga olib çiqilgan. Bugungi kunda ham Rim janubiy-ğarbida çiqindilardan taşkil etilgan sun'iy Monte-Testaçço tepaligi saqlanib qolingan. Bu tepalik yer yuzidagi eng qadimiy çiqindixona ekani tan olingan.
Tarixçilarning fikrça, örta asrlarda Yevropa şahar köçalaridagi çiqindi va axlatlar ommaviy kasalliklarning kelib çiqişiga sabab bölgan. Vabo epidemiyasi keng tarqalgan XV asrga kelibgina bir qator şaharlarda köçalarni axlat va çiqindilardan tozalaş masalasi kun tartibiga qöyildi. Sanoat asriga kelib esa şaharlarda suv quvurlari paydo böldi.

XX asrda texnologiyalar taraqqiyoti va işlab çiqariş rivojlanişi çiqindilar tarkibining özgarişiga sabab böldi. Avvallari faqat ovqat qoldiqlarigina çiqindi sifatida körilgan bölsa, endilikda karton, plastik, kimyoviy va tibbiy jihozlarning qoldiqlari ham çiqindi sifatida körila boşlandi. Lekin çiqindilarni yöq qiliş tartibi özgarmay qolaverdi. Ya'ni, çiqindilar kömib taşlanardi, okeanga uloqtirilardi yoki yoqilardi. XX asrning ikkinçi yarmiga kelibgina ekologiya bilan boğliq muammoga e'tibor qaratila boşlandi. 1970 yilning 22 aprelida ilk bor “Yer kuni” ötkazilib, atrof-muhit muhofazasi kun tartibiga qöyildi.
Bugungi kunda çiqindilar bilan boğliq masala turli mamlakatlarda turliça hal qilinadi. Ayrim mamlakatlarda xonadon egalari çiqindilarni turlarga ajratib, ularni çiqindixonaga taşlaşni odat qilgan bölsa, Şveytsariya kabi mamlakatlarda çiqindilar qöşni mamlakatlardan import qilinadi va zavodlarda yoqib yuboriladi. Ma'lumki bu mamlakatdagi Issiqlik elektr stansiyalari aynan çiqindilar hisobiga işlaydi. Şu sababli çiqindilar aholidan sotib olinadi. Zavodning muttassil işlaşi uçun xomaşyo kerak böladi. Mana şu sabab mahalliy aholi qöşni Italiyadan çiqindilarni sotib olişga majbur böladi. Uçinçi dunyo mamlakatlarida esa odamlar Yevropa va Amerikadan insonparvarlik yordamlari niqobi olib kelingan çiqindilarni ajratiş bilan şuğullanişadi.






