Davlatlararo aviatsiya qömitasi ötgan oyda Rostov-Donda qulagan FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 A6-FDN yölovçi samolyoti böyiça tekşiruvlar xulosalarini ma'lum qildi. Bu haqda qömita saytida xabar berilgan.

"Qora quti"ning dastlabki tahlil natijalariga köra, samolyot ekipaji qöl boşqaruvi orqali (avtopilot öçirilgan) qiyin ob-havo şaroitida (630 m qalinlikdagi bulut, qattiq şamol, yomğir) qönişni amalga oşirişga kirişgan", deyiladi xabarda.

"Birinçi qöniş jarayonida, 340 metr balandlikda bort tizimidan şamol kuçi va yönalişining keskin özgargani haqida ma'lumot olgaç, ekipaj ikkinçi aylanaga ketiş töğrisida qaror qabul qilgan va ob-havo önglanişini kutib, aeroport hududida parvozni davom ettirgan. Qayta qönişga uriniş çoğida, 220 metr balandlikda, uçiş-qöniş maydoniga 4 kilometr qolganida ekipaj samolyotni yana kökka kötarib, dvigatellarni parvoz tartibiga ötkazadi", deyiladi DAQ xabarida.

Ekipajning keyingi harakatlari havo kemasining yer bilan töqnaşuvining oldini ololmagan va soatiga 600 kilometr tezlikda fojia yuz bergan.

Davlatlararo aviatsiya qömitasi labaratoriyasida halokatning töliq kartinasini tiklaş işlari davom etmoqda. Ekipaj harakatini baholaş uçun Rossiya, AQŞ, BAA vakillari jalb etilgan.

Eslatib ötamiz, FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri 19 mart, şanba kuni Rostov-Don aeroportiga qöniş vaqtida halokatga uçradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan 55 yölovçi va 7 ekipaj a'zosi halok böldi.