Internet foydalanuvçilari professional hair (professional soç turmagi) va unprofessional hair (noprofessional soç turmagi) qidiruvlari berilganda Google qanday natijalarni taqdim etişini örganib çiqişdi.

Ma'lum bölişiça, birinçi qidiruvda portal asosan oq tanli ayollarning suratlarini, ikkinçisi böyiça esa qora tanli ayollarning suratlarini taqdim etar ekan. Bu holatga The Guardian naşri e'tibor berdi.

Google algoritmining özi suratlarni mustaqil ravişda kamdan-kam tahlil qiladi. U yoki bu suratni izlaş davomida eng avvalo, foydalanuvçilar qanday tasvirlaşlariga yönaladi.

Taxminlarga köra, unprofessional hair (noprofessional soç turmagi) qidiruvi böyiça Google tasvirlarni an'anaviy soç turmaklarini, masalan, jingalak, örim va dred soç turmaklari naqadar noprofessional bölişi mumkinligi töğrisidagi mavzular muhokama etilgan blog va maqolalardan olgan. Şuningdek, unga illyustratsiya sifatida asosan qora tanli ayollarning suratlari aks ettirilgan. Çunki bunday soç turmaklari aynan qora tanli ayollarga xos.