Islandiya baliqçilik va qişloq xöjaligi vaziri Sigurdur Ingi Yoxannsson ofşor mojarosi sababli iste'foga çiqqan Sigmyundyur Gyunnleygssondan söng mamlakatning boş vaziri bölganligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar yozgan.
"Albatta, bu zör imkoniyat, biroq u ğalati şaroitda yuz berdi... Men boş vazir sifatida siyosat va siyosatçilarga işonçni oşiriş uçun kamtarin bölişim muhim", -dedi Yoxannsson.
Islandiyaning sobiq boş vaziri Sigmyundyur Gyunnleygssond Panama ofşorlari bilan boğliq mojaro tufayli iste'foga çiqdi. Mossack Fonseca yuridik firmasining hujjatlarida vazirning nomi keltirilgan.






