Rossiyaning "Avtostat" tahliliy agentligi talqiniga köra, Özbekistonda işlab çiqariluvçi Nexia avtomobili Rossiyadagi eng ommabop xorijiy avtomobil markalari reytingida 7-örinni egalladi.

Agentlik 2016 yil 1 yanvar holatiga köra, Rossiyadagi yengil avtomobillar parkini tadqiq qildi va eng ommabop xorijiy markalar reytingini tuzdi.

"Avtostat" ma'lumotlariga köra, Rossiyada 417,3 ming dona Nexia avtomobili röyxatga olingan.

Tadqiqot natijalariga köra, Rossiyada eng ommabop marka Toyota Corolla hisoblanadi, Rossiyada bu modeldan 685,2 ming dona bor.

Şuningdek, Ford Focus modeli 670,8 dona va Renault Logan 576,5 ming dona bilan mos ravişda 2- va 3-örinni egallamoqda.