Volvo kompaniyasi yaqin oylarda özining haydovçisiz avtomobillarini mahalliy aholi sinovdan ötkazişi uçun Xitoy şahar hokimiyati bilan muzokaralarni boşlaydi.
Şved markasi XXR yöllarida jami 100ta avtonom boşqaruv tizimiga ega maşinalarni sinovdan ötkazişni rejalaştirgan.
Xitoyning aynan qaysi şaharlarida tajriba ötkazilişi hozirça noma'lum. Bu loyihaga doir qolgan ma'lumotlar ham oşkor etilmagan. Volvo haydovçisiz avtomobillar sinovdan ötkaziladigan mamlakatlar içida yetakçi örinni egallaşiga umid bildirmoqda.
XXRda maşinalarni tajribadan ötkaziş Volvo Drive Me mavjud dasturi tarkibiga kiradi. 2017 yilda şved avto markasi Gyoteborgda şu kabi yana bir keng kölamli sinovni boşlaydi. Avvaliga kompaniya 50ta maşinani tajribadan ötkazişni reja qilgan, keyin esa ularning soni 1000taga yetdi. Nihoyat, Volvo Gyoteborgda 100ta avtomobilni sinovdan ötkazişga qaror qildi.
Volvo haydovçisiz avtomobillarning bir yoqlamali testlarni 2014 yilda beri amalga oşirib kelmoqda. Kompaniya rejasiga köra, 2020 yilga kelib, Volvo maşinalari avtohalokatga uçraşni töxtaşi kerak.







