Britaniyalik xakerlar guruhi ularning IP Box deb nomlanuvçi ixtirosi 6 soat içida tört raqamdan iborat parolni topib, har qanday iPhone smartfoniga kira olişga qodirligini e'lon qilişdi. Qurilma narxi 120 funt sterlingga baholangan bölib, uni istagan odam xarid qilişi mumkin.

Ma'lumki, iOS tarkibida parol teriş çoğida 10 ta ketma-ket amalga oşirilgan omadsiz urinişdan söng smartfondagi barça ma'lumotlarni öçirib taşlaydigan funksiya bor. Biroq IP Box faoliyatiga bu «tösiq» tahdid sola olmaydi. Apparat iPhone quvvat manbaiga ulanadi va har bir notöğri kod kiritilgandan keyin bu uriniş haqidagi ma'lumotlar yozib olinguniça smartfon tokdan uzadi. Söngra qayta yuklaniş va navbatdagi kombinatsiyani kiritiş kerak böladi. Har bitta urinişni tekşiriş uçun taxminan 6 soniya vaqt ketadi. IP Box nafaqat ulaniş kodini, balki smartfondagi elektron poçta qutisi, kontakt ma'lumotlari va qönğiroqlar tarixini ham buziş imkoniga ega.

Miş-mişlarga köra, Federal qidiruvlar byurosi aynan şu qurilma orqali San-bernardinolik terrorçining iPhone 5c smartfonini buzib kirişga muvaffaq bölgan.