Eron hukumati tarqatgan ma'lumotlarga köra, Boeing Co. aviasozlik korporatsiyasi vakillari yaqin orada Tehronga keladi. Ular, katta ehtimol bilan hamkorlik masalalarini muhokama etişlari mumkin, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Qayd etilişiça, uçraşuvda eng yirik mahalliy aviataşuvçi Iran Air va boşqa aviakompaniyalar qatnaşadi.

Bundan avval, Eron fuqaro aviatsiyasi rahbari Ali Obidzoda, uning mamlakati Boeing samolyotlarini xarid qilişini bildirgan edi. Ammo, amerikaliklarning uşbu taşrifi çoğida bironta şartnoma imzolanişi rad etilmoqda.

Bungaça, Iran Air Airbus kompaniyasi bilan 25 mlrd dollarga 118 dona samolyotni sotib oliş böyiça bitimga erişgan edi.

Ğarb davlatlarining uşbu mamlakatga nisbatan sanksiyalarini bekor qilişi natijasida, Eronda xorijiy havo kemalarini xarid qiliş imkoniyati paydo böldi.