Italyan aspiranti Julio Rejyenining ölimiga oid tergov jarayonida aytarli natijalar qölga kiritilmagani sababli, Italiyaning Misrdagi elçisi maslahatlaşuvlar ötkaziş maqsadida Rimga çaqirilgan. Bu haqda, mamlakat boş vaziri va taşqi işlar vazirining Tvitterdagi sahifalarida bayon qilingan.
Italiya tomoni şuningdek, Misr tergov komissiyasi bilan hamkorlikni töxtatgan. Italyan tergovçilarining ta'kidlariça, ular Rimga taşrif buyurgan misrlik hamkasblaridan barça aşyoviy dalillarni olişmagan.
27-yoşli Julio Rejyeni Qohiradagi Amerika universitetida tadqiqot işlari bilan şuğullanişi barobarida qator italyan OAV bilan hamkorlik qilgan. Şuningdek, jurnalistlik maqsadida muxolifat vakillari bilan uçraşib yurgan.
Şu yilning 25 yanvarida u bedarak yöqolgan, keyinroq talabaning jasadi Qohira atrofidagi köçalardan birining yonidan topilgan edi.
Mart oyi oxirlarida, Misr huquq-tartibot idoralari maxsus amaliyot ötkazib, çet elliklarga hujum qiliş va talaş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruhning beş nafar a'zosini öldirgan, ularning xonadoni tintuv qilinganida Julio Rejyeniga tegişli hujjatlar va şaxsiy buyumlar topilgan edi.
Garçi Misr tomoni Rejyeni ölimi jinoiy asosga egaligini ta'kidlayotgan bölsada, rasmiy Rim bunday fikrda emas. Bir paytlar OAVda Rejyeni Misr maxsus xizmatlari tomonidan öldirilgan bölişi mumkin degan xabarlar paydo bölgandi. Albatta, Qohira bu ayblovlarni rad etmoqda.






