7 va 8 aprel kunlari 80 ga yaqin Rossiya va xorijiy OAV 9-sayyora ("X sayyora") sayyoramizdagi hayotga xavf solayotgani haqidagi ma'lumotlarni çop etişdi. OAV bu ma'lumotni The Sun naşriga iqtibos keltirgan holda berişgan. Naşr esa öz navbatida olim Deniel Uitmayyerning sözlaridan havola keltirgan.

Aslida bu xabar Deniel Uitmayyer faoliyat yurituvçi Arkanzas universiteti saytida 30 mart kuni paydo bölgan. Sobiq astrofizik bölgan olimning özi ayni vaqtda matematikadan dars beradi va u 9-sayyora Yerdagi hayotga xavf solişi haqidagi nazariyasini 1985 yildayoq bildirgan. Aynan öşanda bu nazariyaga bağişlangan maqola Nature jurnalida çop etilgandi.

Uitmayyer nazariyasiga köra, 9-sayyora har 27 mln yilda Koyper kamari (Quyoşdan milliard kilometrlar uzoqlikda, Neptun orbitasi ortida joylaşgan muz obektlarining disksimon sohasi, Quyoş tizimining çegarasi deb ham ataladi) orqali ötadi. Bu holat gravitatsion ğalayonlarga olib keladi va buning natijasida 9-sayyora Koyper kamaridan asteroidlarni itarib çiqaradi. Buning natijasida ular Quyoş tizimining içkarisiga yönalib, undagi obektlarni, jumladan Yerni bombardimon qiladi. Professor Uitmayyer Yerda jonzotlarning ommaviy yöq bölib ketişini aynan şu bilan boğlamoqda. 2015 yil noyabrda Uitmayyerning tadqiqoti Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida yana bir bor çop etildi.

Uitmayyer nazariyasi 30 yil avval keltirilgan bölsa-da, 9-sayyoraning oçilişi haqida 2016 yil 20 yanvardagina e'lon qilindi. Biroq "Iks sayyorasiga" "oçildi" sözini işlatişga hozirça ertalik qiladi, çunki olimlarda ayni vaqtda uning mavjudligining nazariy asoslarigina mavjud. Mutaxassislarning baholaşiça, 9-sayyorani izlaşga bir neça yil talab qilinişi mumkin.