Volvo kompaniyasining şimoliy Amerikadagi şö'ba korxonasi XC90 krossoverining gibrid rusumi reklama roligini namoyiş etdi. U, "Highway Robbery" (katta yöldagi öğirlik) deb nomlangan.

Amerikaning Grey agentligi bilan hamkorlikda olingan videolavhada, gibrid maşina benzinda ham, elektr yordamida hamda boşqa maşinalar hisobiga yura olişi da'vo qilingan.
Volvo va Grey peristaltik nasos kabi işlaydigan tizim yaratişdi. Uning asosiy tarkibiy qismi içiga suv töldirilgan plastik quvurli yumşoq polotnodan iborat.
Mart oyi oxirida polotno Kaliforniya janubidagi yöllardan biriga yotqizilgan. Avtomobillar undan ötganda, suyuqlik töldirilgan quvurlar siqilgan, natijada gidravlik energiya elektr energiyasiga aylantirilgan. Hosil bölgan elektr manbaidan Volvo XC90 batareyalarini quvvatlantirişgan.
Yöl yoqasida şuningdek, avtomobilni elektr bilan ta'minlagani uçun har bir haydovçiga minnatdorçilik bitilgan raqamli tablo ham örnatildi.
Volvo XC90 yöltanlamasining gibridli modeliga 320 ot kuçiga ega 2 litrli turbinali benzin motori va 87 ot kuçiga ega elektr dvigateli örnatilgan. Elektr motori 9,2 kilovatt-soat quvvatli litiy akkumulyatori yordamida işlaydi.






