2018 yilda Yaponiyadagi Yokogama şahri yaqinida “Aqlli Tsunasima” megapolisi barpo etiladi. Quriliş işlari mamlakatdagi 10ta yirik kompaniyani özida jamlagan konsorsium tomonidan olib borilmoqda.
Mahalliy hukumat tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan loyiha taşabbuskorlari Panasonic va Nomura Real Estate Development korporatsiyalaridir. Ular “Aqlli şahar”ning konsepsiyasini taqdim qilişdi. Şaharda fantastik filmlardagi kabi uçuvçi taksilar bölmasada, Tsunasimada joriy etiladigan texnologiyalarning dunyoda qiyosi yöqligi aytilmoqda.
Ma'lumki, bundan avval Yaponiyada, 2014 yilda “Aqlli Fudjisava” şaharçasi bunyod etilgan edi. Bu şaharda har bir oilaning öz uyi bor.
Tsunasima esa kelajakda urbanizatsiya markazi bölişi kutilmoqda. Şaharning katta qismi savdo markazi va tadbirkorlar uçun ajratiladi. Markazga ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, Keyo Universitetining talabalari uçun kampus, savdo-köngiloçar dargohlari joylaştiriladi. Şaharliklar esa “aqlli uylar”da istiqomat qilişadi.
Energiyadan samarali foydlanuvçi texnologiyalarning qöllanilişi öz navbatida atmosferaga CO2 gazini çiqarişni 40 foizga qisqartiradi. Suv iste'moli esa 30 foizga kamayadi. Energiyaning 30 foizi tabiiy manbalardan olinadi. Bundan taşqari, favqulodda hodisalar yuz bergudek bölsa, şahar uç kun mobaynida özini-özi energiya va boşqa resurslar bilan ta'minlay olgan holda “yaşaşi” mumkin.

“Energomarkaz” şaharning “yuragida joylaşadi” va elektr işlab çiqariş hamda ta'minotini muvofiqlaştirib turadi. Tabiat injiqliklari paydo bölgudek bölsa, “Energomarkaz” barça inşootlarni ekologik toza energiya bilan ta'minlaydi. Tokyo Gas Group kompaniyasi bu yerga yuqori samara beruvçi issiqlik va energiya işlab çiqaradigan tizim örnatadi.
Elektr energiyasi orqali paydo bölgan issiqlik uylarni va suvlarni isitadi. Şaharga gaz yetkazib beriş zilzilaga bardoşli maxsus quvurlar orqali amalga oşiriladi. Bu quvur tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda ham faoliyatini davom ettiraveradi.
Şaharda ekomobillar harakatlanadi. JX Nippon Oil & Energy korporatsiyalari tomonidan yaratilgan vodorod quyiş stansiyalari ekologik avtomobillarni yoqilği bilan ta'minlaydi.
Zamonaviy texnologiyalpar Keyo Universitetining xalqaro kampusida jahonning turli mamlakatlaridan kelib tahsil olayotgan talabalarning oğirini yengil qiladi. Havo tozalovçi jihozlar havoning sofligini ta'minlaşga xizmat qiladi.






